Nashr qoidalari
Yaxshi p-life qanday boʻladi
- Bitta aniq muammoni hal qiladi
- Natijani koʻrsatadi — iloji boʻlsa raqam bilan
- Takrorlash mumkin: prompt yoki kod keltirilgan
- Qayerda ishlamasligini ham aytadi
Nima chop etilmaydi
- Reklama va faqat havola uchun yozilgan matnlar
- Boshqa manbadan muallifni koʻrsatmasdan koʻchirilgan kontent
- Shaxsiy maʼlumot: API kalitlar, parollar, mijoz maʼlumotlari
- Haqorat va shaxsga qaratilgan hujum
Maxfiylik
Yozayotgan matningizdan API kalit, parol va mijoz maʼlumotlarini olib tashlang. Sayt saqlaydigan yagona shaxsiy maʼlumot — email manzilingiz, u hech kimga koʻrsatilmaydi va faqat kirish uchun ishlatiladi.
Chop etilgandan keyin tahrirlash yoʻq
Yozuv chop etilgach uni tahrirlab boʻlmaydi — faqat oʻchirish mumkin. Sabab: oʻqilgan va muhokama qilingan matn keyin jimgina oʻzgarib qolmasligi kerak. Izohlar oʻsha matnga yozilgan boʻladi.
Shuning uchun chop etishdan oldin muharrirdagi «Koʻrish» rejimida tekshiring. Ishonchingiz komil boʻlmasa — qoralama sifatida saqlang: qoralamani xohlagancha tahrirlaysiz, u hech kimga koʻrinmaydi va unga izoh ham yozilmaydi.
Izohlar ham xuddi shunday: tahrirlanmaydi, faqat oʻchiriladi. Izohni oʻchirsangiz, unga yozilgan javoblar ham birga oʻchadi.
Muallif huquqi
Yozgan matningiz sizniki boʻlib qoladi va uni istagan vaqtda oʻchira olasiz. Sayt uni faqat shu platformada koʻrsatish uchun ishlatadi.