Kutubxona
Prompt kutubxonasi
Nusxa oling, kvadrat qavs ichidagi joylarni oʻzingiznikiga almashtiring va ishlating.
Imtihonga tayyorlanish — savol generatori
Men [mavzu] boʻyicha imtihonga tayyorlanyapman. Darajam: [boshlangʻich/oʻrta].
Menga 10 ta savol ber:
- 4 tasi taʼrif va asosiy tushunchalar boʻyicha
- 4 tasi amaliy vaziyat koʻrinishida
- 2 tasi «nega shunday?» tipidagi chuqur savol
Savollarni birdaniga ber, javoblarni berma.
Men javob yozganimdan keyin har birini baholab, xatolarimni tushuntir.
Kelgan xatga javob tayyorlash
Quyida menga kelgan xat matni. Menga javob qoralamasini tayyorla.
Kelgan xat:
"""
[xat matni]
"""
Mening pozitsiyam: [nimaga rozi emasman / nimani taklif qilaman]
Munosabat: [hamkorlikni saqlab qolish muhim]
Javob shunday boʻlsin:
- Hissiyotsiz, ayblovsiz
- Ularning haqli qismini tan olgan holda boshlanadi
- Mening shartim aniq va bitta jumlada koʻrinadi
- 3 xil variant ber: yumshoq, neytral, qatʼiy
Mijozga tijorat taklifi (KP)
Sen B2B savdo boʻyicha mutaxassissan. Menga tijorat taklifi tuzib ber.
Mening biznesim: [nima qilaman]
Mijoz: [kim, qaysi sohada, qanday muammosi bor]
Taklif: [xizmat/mahsulot va narx]
Raqobat ustunligim: [nima bilan ajralib turaman]
Tuzilma:
1. Mijozning muammosi — uning tilida, 3 jumla
2. Yechim — nima qilaman va qanday natija beradi
3. Ish bosqichlari va muddat
4. Narx va nimalar kiradi
5. Keyingi qadam
Boʻsh maqtov iboralarisiz. Har bir vaʼda oʻlchovli boʻlsin.
Notanish kodni tushuntirish
Quyidagi kodni menga tushuntir. Darajam: [boshlangʻich/oʻrta] dasturchi.
```
[kod]
```
Tushuntirish tartibi:
1. Bu kod umuman nima qiladi — 2 jumla
2. Qadam-baqadam nima sodir boʻladi
3. Notanish sintaksis yoki funksiyalar izohi
4. Xavfli yoki zaif joylari
5. Soddaroq yozish mumkin boʻlgan joylar
Kodni qayta yozma — avval faqat tushuntir.
Qaror qabul qilish — advokat va prokuror
Men qaror qabul qilishim kerak: [qaror].
Mening holatim: [muhim faktlar, cheklovlar, muddat]
Uch bosqichda javob ber:
1. ADVOKAT — bu qarorning foydasiga eng kuchli 5 ta dalil
2. PROKUROR — bu qarorga qarshi eng kuchli 5 ta dalil, jumladan men koʻrmayotgan xavflar
3. SUDYA — neytral xulosa: qaysi 3 ta savolga javob topsam, qaror oʻzi ravshan boʻladi
Men tomonni olma. Menga yoqadigan javobni emas, kuchli javobni ber.
Rasmiy xat yozish
Sen tajribali ish yurituvchi mutaxassissan. Menga rasmiy xat yozib ber.
Kimga: [tashkilot/lavozim]
Kimdan: [mening lavozimim va tashkilotim]
Maqsad: [nimaga erishmoqchiman]
Muhim faktlar: [sana, raqam, oldingi murojaat]
Ohang: [xushmuomala, lekin qatʼiy]
Talablar:
- 200 soʻzdan oshmasin
- Birinchi xatboshida maqsad aniq koʻrinsin
- Oxirida aniq soʻrov va muddat boʻlsin
- Ortiqcha uzr va takror iboralarsiz
Telegram post yozish
Sen oʻzbek tilida yozadigan SMM mutaxassisisan.
Kanal: [mavzusi va auditoriyasi]
Post mavzusi: [mavzu]
Maqsad: [oʻqilishi / bosilishi / obuna]
Talablar:
- 120-180 soʻz
- Birinchi qator qiziqtirsin, lekin sensatsiya boʻlmasin
- Qisqa xatboshilar, 3-4 qatordan oshmasin
- 1-2 ta emoji, koʻp emas
- Oxirida bitta aniq harakatga chaqiruv
- 3 xil variant ber: axborot, hikoya, foydali maslahat shaklida
Uzun matndan konspekt
Quyidagi matnni oʻrganishim kerak. Menga konspekt tayyorla.
Matn:
"""
[matn yoki fayl]
"""
Konspekt tuzilishi:
1. Asosiy gʻoya — 2 jumla
2. Kalit tezislar — 5-7 punkt, har biri bitta jumla
3. Muhim atamalar va ularning izohi
4. Muallif dalil keltirmagan yoki bahsli joylar
5. Oʻzimni tekshirish uchun 5 ta savol (javobsiz)
Matndagi raqam va faktlarni oʻzgartirma. Matnda yoʻq narsani qoʻshma.