Loyiha haqida
AI vositalari haqidagi sifatli material deyarli butunlay ingliz va rus tilida. Oʻzbek tilida esa koʻpincha umumiy gaplar bor — amaliy koʻrsatma yoʻq. Prompting.Life shu boʻshliqni toʻldiradi.
Sayt nimadan iborat
Asosiy qismi — p-life: har xil sohadagi odamlar oʻz ish jarayonidan chiqqan hiylalarni yozadi. Har bir yozuvda muallif, sana va muhokama boʻladi. Ikkinchi qismi — qoʻllanma: yangi boshlaganlar uchun bosqichma-bosqich darslar.
Nega tajriba almashish
AI bilan ishlashda eng qimmatli bilim hujjatlarda emas — odamlarning kundalik ish jarayonida. Kimdir token sarfini yarmiga tushirgan usulni topadi, kimdir agentni toʻgʻri sozlashni. Shu bilimni bir joyga yigʻish — saytning asosiy maqsadi.
Mustaqillik
Bu mustaqil loyiha. Anthropic, OpenAI yoki Google bilan rasman bogʻliq emas va ular tomonidan homiylik qilinmaydi. Barcha nomlar oʻz egalariga tegishli.
Aloqa
Taklif, xato yoki hamkorlik boʻyicha: salom@promptinglife.uz yoki Telegram kanal.