Skills: takrorlanadigan ish tartibini bir marta oʻrgatib qoʻyish
Har safar bir xil koʻrsatmani yozish oʻrniga uni skill qilib saqlash — Claude kerak boʻlganda oʻzi ishlatadi.
Agar bir xil koʻrsatmani uchinchi marta yozayotgan boʻlsangiz — u skill boʻlishi kerak.
Skill — bu oddiy papka va ichida SKILL.md fayli. Claude uni koʻradi, tavsifiga qarab qachon kerakligini oʻzi tushunadi va oʻsha koʻrsatmalarni ishga soladi.
Qayerda turadi
~/.claude/skills/<nom>/SKILL.md # barcha loyihalarda ishlaydi
<loyiha>/.claude/skills/<nom>/SKILL.md # faqat shu loyihada
Loyihaga tegishli qoidalarni loyiha ichida saqlagan maʼqul — jamoadagi boshqalar ham repo bilan birga oladi.
Eng oddiy skill
---
name: commit-yozish
description: Git commit xabarini loyiha uslubida yozadi. Foydalanuvchi commit soʻraganda ishlatiladi.
---
# Commit xabari
- Conventional Commits: `feat:`, `fix:`, `refactor:`, `docs:`
- Sarlavha 50 belgidan oshmaydi, nuqta qoʻyilmaydi
- Tana qismi faqat «nega» tushunarsiz boʻlganda yoziladi
- Oʻzbekcha yoziladi, ingliz atamalari oʻzgarishsiz qoladi
Misol:
fix: sessiya cookie logout dan keyin oʻchmayotgani tuzatildidescription eng muhim qator: Claude aynan shunga qarab skillni qachon ishlatishni hal qiladi. «Commit» soʻzi tavsifda boʻlmasa, skill chaqirilmay qolishi mumkin.
Nima uchun yaxshi
- Bir marta yoziladi. Har suhbatda uslub qoidalarini takrorlash shart emas.
- Kontekst tejaladi. Skill faqat kerak boʻlganda oʻqiladi, har doim emas.
- Jamoa bilan boʻlinadi. Repo ichida boʻlsa, hamma bir xil natija oladi.
Menda ishlagan skill'lar
| Skill | Nima qiladi |
|---|---|
dizayn-tizimi |
rang tokenlari, shrift, animatsiya qoidalari — UI yozishda |
commit-yozish |
commit uslubi |
pr-tekshirish |
PR ni koʻrishda nimalarga qarash kerak |
caveman |
javoblarni qisqartirish (tashqi skill) |
Dizayn skilli ayniqsa foydali chiqdi: yangi sahifa qoʻshganda ranglar va animatsiya oʻz-oʻzidan mos keladi, «yashil rangimiz qaysi edi?» degan savol yoʻqoldi.
Skill yozdirish
Skillni ham modelga yozdirish mumkin:
Shu suhbatda kelishilgan dizayn qoidalarini skill qilib rasmiylashtir. Fayl: .claude/skills/dizayn-tizimi/SKILL.md Frontmatterda name va description boʻlsin — description da bu skill qachon ishlatilishi aniq yozilsin. Ichida: rang tokenlari, shrift rollari, animatsiya qoidalari, «emoji ishlatilmaydi» qoidasi. Qisqa va roʻyxat koʻrinishida.prompt
Skill va prompt farqi
- Prompt — bir martalik topshiriq
- Skill — takrorlanadigan ish tartibi
Agar koʻrsatma faqat shu vazifaga tegishli boʻlsa, uni skill qilmang: skill qancha koʻp boʻlsa, tanlash shuncha chalkash boʻladi.
Qachon ishlamaydi
Skill — bu qoidalar, sehr emas. Agar tavsif noaniq yozilgan boʻlsa (description: yordam beradi), model uni qachon ishlatishni bilmaydi va skill shunchaki yotib qoladi. Tavsifda trigger soʻzlar boʻlishi kerak: «commit», «PR», «UI yozishda», «deploy qilishda».
Chop etilgan: 29-avgust, 2026