Caveman skill: javoblardagi token sarfini uchdan ikkiga qisqartirish
Claude javoblarini «gʻor odami» uslubida qisqartiradigan ochiq skill. Texnik mazmun qoladi, ortiqcha soʻzlar ketadi.
Claude javoblarining katta qismi — muloyimlik: «Albatta, bu masalani hal qilishda yordam beraman», «Umid qilamanki, bu tushuntirish foydali boʻldi». Kod yozayotganda bu qatorlar hech narsa bermaydi, lekin token sifatida toʻliq hisoblanadi.
Caveman — shu ortiqchani kesib tashlaydigan ochiq skill toʻplami: github.com/JuliusBrussee/caveman
Nima qiladi
Skill Claude ga javobni telegraf uslubida yozishni buyuradi: artikllar, kirish soʻzlari, uzr va takrorlar tushib qoladi, texnik atamalar va kod oʻzgarishsiz qoladi.
Oddiy javob:
Sure! I'd be happy to help you with that. The issue you're experiencing is likely caused by the token expiry check in your authentication middleware...
Caveman rejimida:
Bug in auth middleware. Token expiry check use
<not<=. Fix:
Ikkalasi ham bir xil maʼlumot beradi. Ikkinchisi uch barobar qisqa.
Oʻrnatish
git clone https://github.com/JuliusBrussee/caveman
cd caveman
./install.shYoki skill papkasini qoʻlda koʻchirish:
cp -r caveman ~/.claude/skills/cavemanIshga tushirish — suhbatda:
/caveman fullprompt
Darajalari bor: lite (yumshoq qisqartirish), full (asosiy rejim), ultra (eng qisqa). Toʻxtatish uchun stop caveman deb yozasiz.
Ikkinchi qismi: caveman-compress
Toʻplamda yana bitta foydali skill bor — caveman-compress. U javobni emas, oʻqiladigan fayllarni siqadi: CLAUDE.md, AGENTS.md, uzun eslatma fayllari.
/caveman-compress CLAUDE.mdprompt
Fayl qisqartirilgan variantga almashtiriladi, asl nusxasi CLAUDE.original.md sifatida saqlanadi. Har bir suhbat boshida shu fayl kontekstga tushadi — demak tejash har bir soʻrovda takrorlanadi.
Oʻlchangan natija
Bir haftalik ish davomida bir xil turdagi vazifalarni ikki rejimda bajarib koʻrdim:
| Nima | Oddiy rejim | Caveman |
|---|---|---|
| Bitta bug tuzatish muloqoti | ~4 200 chiqish tokeni | ~1 500 |
CLAUDE.md hajmi |
3 100 token | 1 700 |
Chiqish tokenlari kirish tokenlaridan qimmatroq turadi, shuning uchun javobni qisqartirish tejashning eng samarali joyi.
Qachon oʻchirish kerak
- Hujjat yozayotganda. Blog post, README yoki mijozga xat caveman uslubida yaramaydi.
- Oʻrganayotganda. Yangi mavzuni tushuntirishda toʻliq jumlalar foydaliroq.
- Xavfsizlik ogohlantirishlari. Skillning oʻzi bunday joylarda avtomatik normal uslubga qaytadi, lekin muhim qarorlarni oʻqiyotganda diqqat qiling.
Menda odat shunday: kod ustida ishlaganda full, hujjat yozganda oʻchiraman.
Kichik eslatma
Caveman javob uslubini oʻzgartiradi, mazmunini emas. Agar model xato qilayotgan boʻlsa, caveman uni tuzatmaydi — faqat xatoni qisqaroq qilib aytadi.
Chop etilgan: 29-avgust, 2026