ClaudeToken tejash
Codex bilan uzoqroq bajariladigan ishlar
O’tgan hafta Codex orqali uzoq bajariladigan loyiha ustida ishladim. Vazifalar bir nechta qismlardan iborat edi
Ishlash jarayonida kontekst asta-sekin to’lishini kuzatib turish yoqimsiz. Vazifani esa aniq hal qilishni xohladim.
Jarayonni qulay va sifatli qilishga bu yordam berdi:
- Codex bilan asosiy ochilgan sessiyada qoniqarli javoblarni olgandan keyin, hamma natijani alohida Markdown hujjatga yozishni so’radim.
- Codex uzun hujjat tayyorladi; ichida maqsad, yechim, qilinishi kerak bo’lgan qadamlar, muammolarning ildizi va hokazo ma’lumotlar bor.
- Keyingi bergan topshirig’im: shu hujjatdagi har bir qadam alohida bajarilishi mumkin bo’lgan mayda hujjatlarga bo’lib chiq.
- Codex har bir qadam uchun 01-first-task.md, 02-second-task.md, 03-third-task.md kabi fayllarni yaratib chiqdi.
- Bu fayllar aynan bitta topshiriq/qadam uchun tayyorlangan va men ularni alohida sessiyada bajarishim mumkin. Qo’shimcha kontekst sifatida asosiy hujjatga ham havola bor.
- Codex’ni alohida ishga tushirib, har bir topshiriqqa alohida vazifa berdim: let’s work on 01-first-task.md.
Bu usulning yana bitta yaxshi tomoni bor: topshiriqlarni parallel ishga tushirish mumkin. Terminalda 5-6 ta tabda har bir topshiriq bajarilaveradi.
Xullas, odamlar yoki komandalar bilan ishlaydigan yaxshi tajribalar sun’iy intellekt bilan ham ishlaydi. Katta ishni maydalab qilish kerak.

Chop etilgan: 3-sentabr, 2026